Shohakobir Xodiyev
Mutaxassis
Kalamush va sichqonlar – shahar muhitida eng katta zarar keltiruvchi sutemizuvchilardir. Ular nafaqat iqtisodiy zarar yetkazadi, balki o‘ta xavfli kasalliklarni ham tarqatadi. Toshkentda kuz va qish mavsumida havo sovishi bilan kemiruvchilar issiq joy qidirib, podvallar, omborxonalar va hatto ko‘p qavatli uylarning yuqori qavatlariga ham chiqib boradi.
Kemiruvchilarning rarari
Texnik zarar: Sichqonlar doimiy ravishda tishlarini charxlashga ehtiyoj sezadi. Ular elektr simlarini, internet kabellarini, plastik quvurlarni g‘ajib tashlaydi. Bu esa qisqa tutashuv va yong‘in chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Epidemiologik xavf: Ular o‘lat, leptospiroz, quturish va boshqa 30 dan ortiq kasalliklarni tasiydi.
Oziq-ovqat xavfsizligi: Omborxonalarda don va un mahsulotlarini ifloslantiradi va yaroqsiz holga keltiradi.
Deratizatsiya usullari
"DezinTash" kemiruvchilarga qarshi kurashda (deratizatsiya) xalqaro standartlarga mos keluvchi usullardan foydalanadi:
Kimyoviy Usul (Rodentitsidlar): Biz "aqlli" zaharlardan foydalanamiz. Bu vositalar kemiruvchini darhol o‘ldirmaydi, balki bir necha kundan keyin ta’sir qiladi. Natijada, "razvedkachi" kalamush o‘lmaganini ko‘rgan boshqa kalamushlar ham yemni bemalol yeydi.
Mumifikatsiya: Eng muhim jihati – biz ishlatadigan vositalar o‘lgan kemiruvchining jasadini qotirib qo‘yadi (mumifikatsiya). Bu esa xonada noxush hid tarqalishining oldini oladi.
Mexanik Usul: Bolalar bog‘chalari va oziq-ovqat sexlarida zahar ishlatish taqiqlangan joylarda maxsus yelimli tuzoqlar va qopqonlardan foydalanamiz.
Uy yoki ofisingizda sichqon paydo bo‘ldimi? Kutmang, ular juda tez ko‘payadi. Professional yordam uchun bizga murojaat qiling.





